Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 7 mingdan oshdi
Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 7 mingdan oshib ketdi, deb xabar berdi coronavirus2020.kz.
Soʻnggi bir kun ichida Qozogʻistonda 265 kishi koronavirus bilan kasallangan. Oʻsish 3,8 foizni tashkil etdi.
Hududlar boʻyicha: Nur-Sulton shahri — 84 (6.4%), Olmaota shahri — 57 (3.0%), Atirau viloyati — 24 (3.0%), Chimkent shahri — 23 (4.7%), Olmaota viloyati — 19 (8,7%), Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati — 13 (3.8%), Qaragʻandi viloyati — 13 (4.5%), Qiziloʻrda viloyati — 11 (4.3%), Pavlodar viloyati — 9 (5,4%), Jambil viloyati — 5 (2.3%), Aqtoʻbe viloyati — 2 (0.9%), Turkiston viloyati — 2 (0.8%), Aqmola viloyati — 1 (0.7%),Sharqiy Qozogʻiston viloyati — 1 (1.7%,) Mangʻistau viloyati — 1 (0.6%).
Ayni paytda mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 7234 kishini tashkil etib, ulardan 3734 nafari sogʻaygan boʻlsa, 35 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring