Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4,5 mingdan oshdi

12:16 07 May 2020 Dunyo
951 0

Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4,5 mingdan oshib ketdi, deb xabar berdi coronavirus2020.kz.

“Yana 7 ta koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etildi: Jambil viloyatida 1, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida 3, Qostanay viloyatida 1, Turkiston viloyatida 1, Chimkent shahrida 1”, — deyiladi xabarda.

7-may 12:20 holatiga koʻra: Nur-Sulton shahrida 853, Olmaota shahrida 1422, Chimkent shahrida 223, Aqmola viloyatida 101, Aqtoʻbe viloyatida 172, Olmaota viloyatida 176, Atirau viloyatida 240, Sharqiy Qozogʻiston viloyatida 30, Jambil viloyatida 169, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida 213, Qaragʻandi viloyatida 175, Qostanay viloyatida 59, Qiziloʻrda viloyatida 223, Mangʻistau viloyatida 105, Pavlodar viloyatida 152, Shimoliy Qozogʻiston viloyatida 33, Turkiston viloyatida 163, jami 4509 holat qayd etilgan.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 30 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 1 408 nafar bemor sogʻaygan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер