Qozogʻistonda hukumat isteʼfoga chiqarildi
Xabaringiz bor, yaqinda Qozogʻistonda parlament saylov boʻlib oʻtdi. Unda hukmron partiya Nur Otan 71,09 foiz ovoz toʻplab gʻalaba qozondi hamda 76 ta mandatga ega boʻldi. «Ak jol» partiyasiga 12 ta, “Qozogʻiston xalq partiyasi”ga 10 deputatlik mandati nasib etdi.
Ushbu mamlakat qonunchiligiga koʻra, hukumat yangi saylangan Majilis oldida oʻz vakolatlarini topshirishi kerak.
Qozogʻiston prezidenti Toqayev shu boʻyicha farmonga imzo chekkan.
Hozircha Vazirlar Mahkamasi yangi tarkib tasdiqlangunga qadar faoliyatini davom ettirib turadi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Nur Otan partiyasining parlamentdagi fraksiyasi majlisida partiya raisi Nursulton Nazarboyev bosh vazirlikka Askar Mamin va fraksiya rahbarligiga Nurlan Nigmatulin nomzodlarini qayta saylashni taklif etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring