Qozogʻistonda 13-iyul motam kuni deb eʼlon qilindi

22:48 08 Iyul 2020 Dunyo
1329 0

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev koronavirus tufayli vafot etganlar xotirasiga 13-iyulni umummilliy motam kuni deb eʼlon qildi. Bu haqda davlat rahbari 8-iyul kuni aholiga murojaatida maʼlum qildi.

“Har bir fuqaromizning qazosi koʻnglimga ogʻir botadi. Bu virus yaqinlarimizni olib ketyapti. Bugun yaqinlariga aza tutayotganlarga taʼziya izhor etaman. Shu bois 13-iyulni milliy motam kuni deb eʼlon qilaman”, — dedi davlat rahbari. Murojaatni “Tengrinews” sayti translyatsiya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 4-iyul kuni Qozogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq yangi cheklovlar joriy etildi. Hududlararo yoʻlovchi tashuvchi avtobuslar harakati cheklandi, koʻngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar, shuningdek, oilaviy va xotira tadbirlari taqiqlandi. Goʻzallik salonlari, sartaroshxonalar, sport zallari, basseynlar, madaniy va koʻngilochar muassasalar yopildi.

Fuqarolarning koʻchalarda, bogʻ va xiyobonlarda harakatlanishi cheklandi — uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 65 yoshdan oshganlarning harakatlanishi mumkin emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер