Qozogʻiston Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi
Foto: president.uz
Davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Koʻksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Marosim Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni qardosh xalqlarimizning farovonligi yoʻlida yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning ifodasi boʻldi.
Qozogʻiston yetakchisining mamlakatimizga davlat tashrifi asosiy tadbirlari ertaga, 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berish va OAV vakillari uchun brifing oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring