Qozogʻiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 21-dekabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
“Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat oʻtkazdilar.
Shundan soʻng Qozogʻiston yetakchisi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, anʼanaga koʻra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Qasim-Jomart Toqayev majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring