Qozogʻistonning birinchi prezidenti, spiker va yana ikki rahbar koronavirusdan tuzaldi

09:44 02 Iyul 2020 Dunyo
1316 0

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, mamlakat parlamenti spikeri Nurlan Nigmatulin COVID-19dan tuzaldi. Ular davolanish kursini muvaffaqiyatli oʻtkazgani aytilmoqda. Sababi shundan soʻng topshirgan testlari manfiy natija bergan. Bu haqda Sputnik maʼlum qildi.

Elboshi vrachlar tavsiyasiga koʻra, oʻzini-oʻzi yakkalash rejimida boʻlib, masofadan ishlashni davom ettirmoqda.
Nigmatulin ham ikki haftadan ortiq vaqt davomida izolyatsiyada yashadi va u ham masofadan oʻz faoliyatini davom ettirdi.

Endi spiker nazariy jihatdan boshqa deputatlar kabi taʼtilga chiqadi.

Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Yerali Tugjanov ham kasallikni yenggan. U koronavirus tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha idoralararo komissiyaning raisi ham hisoblanadi.

Olmaota shahri bosh shifokori Kamaljan Nadirov ham koronavirusning ogʻir formasini boshdan oʻtkazgan boʻlsa-da, vrachlar tavsiyasiga rioya etgani uchun tuzalib ketgan. U ayni paytda statsionarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер