Qozogʻiston mudofaa vaziri oʻrinbosari koronavirusdan vafot etdi
Qozogʻiston mudofaa vaziri oʻrinbosari genaral-mayor Bakit Kurmanbayev 49 yoshida vafot etdi. RIA Novosti manbasining xabariga koʻra, u koronavirus sababli hayotdan koʻz yumgan.
Kurmanbayev 2019-yil aprel oyida mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi. Bungacha mamlakat Xavfsizlik kengashida faoliyat yuritgan.
U bir yil oldin mamlakatning Aris shahridagi harbiy qismda roʻy bergan portlash oqibatlarini bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirib borgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring