Olimlar iqlim oʻzgarishlari tufayli qovoq arilar butunlay yoʻq boʻlib ketishi mumkinligidan xavfsiramoqda

14:55 07 Fevral 2020 Dunyo
2783 0

Foto: style.rbc.ru

Kanada va Buyuk Britaniya olimlari global isish tufayli qovoq arilarning yashab ketish imkoniyati 30 foizga kamaydi, degan xulosaga kelishdi.

BBCning yozishicha, olimlar 66 turdagi qovoq arilar haqida 500 mingdan ortiq kuzatuvlar asosida shunday fikrga kelishgan. Birinchi maʼlumotlar 1901-yilga toʻgʻri kelgan boʻlsa, eng soʻnggisi 2014-yilda qayd etildi. Agar jarayon shunday davom etsa, qovoq arilar bir necha oʻn yillikdan soʻng butunlay yoʻq boʻlib ketishi ehtimoli bor.

Kuzatuvlarga qaraganda, qovoq arilarning soni 2000-yildan 2014-yilgacha keskin kamaygan. Bundan tashqari, koʻplab turlar yashash joylarini tashlab, koʻchib oʻtgan. Bunday holat, ayniqsa, Ispaniya va Meksikada koʻproq kuzatilgan.

Foto: focus.ua

Bristol universiteti olimlari Jonatan Bridl va Aleksandr van Rensburgning soʻzlariga koʻra, ushbu tadqiqot iqlim oʻzgarishi biologik xilma-xillikka jiddiy taʼsir etishi mumkin. Bu, oʻz navbatida, ekologik barqarorlikka tahdid soladi.

Qovoq arilarning yoʻq boʻlib ketishi nafaqat tabiatda, balki qishloq xoʻjaligida ham oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.Chunki ular koʻplab oʻsimliklarning changlanishida muhim rol oʻynaydi.

Tadqiqot mualliflaridan biri Ottava universiteti professori Jeremi Kerr qovoq arilarni bunday xavfdan asrab qolish mumkin. Buning uchun iqlim oʻzgarishini keltirib chiqarayotgan zararli moddalar chiqindilarini kamaytirish, oʻrmonlarni yoʻq qilishni toʻxtatish kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер