Qorovul oʻgʻri boʻlib chiqdi

17:13 16 Yanvar 2019 Jamiyat
1351 0

Illyustrativ foto

Joriy yil 5 yanvar kuni nomaʼlum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Apollo Farm Trayd” xususiy korxonasiga qarashli omborxonaga deraza oʻrnida boʻlgan gipsokarton devorini buzib kirib, u yerdan Mirzo Ulugʻbek tumani Zulayho koʻchasida yashovchi Sh.I.ga tegishli 800 dona “Trimetazidin digidroxlorid” nomli dori vositalarini oʻgʻirlab ketgan edi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, zarur choralar koʻrilgani natijasida oʻgʻrilar aniqlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu jinoyatni Jizzax viloyati, Zomin tumani, Baxt mahallasida yashovchi, yuqorida nomi keltirilgan xususiy korxona qorovuli M.Oʻ. hamda Ulugʻbek nomli mahallaning Xorazmiy koʻchasida yashovchi I.R.lar tomonidan sodir etilgani fosh etilib, qoʻlga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер