Qo‘rg‘ontepada biryo‘la 172 kishi ishli bo‘ldi  

15:04 12 Noyabr 2021 Jamiyat
625 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasiga oilasidan ajrashgan va aliment to‘lovini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lmagan otalar taklif etildi. Tadbirda ishsiz fuqarolarga 57 korxona va tashkilotlarda6 1 ming 370 ta bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya etildi.

-Har bir korxona va tashkilotga kirib, o‘zimga munosib ish qidirishning imkoni yo‘q, - deydi Qo‘rg‘ontepa shahrida istiqomat qiluvchi Neʼmatjon Akbarov. –Ushbu tadbirda esa tavsiya etilgan bo‘sh ish o‘rinlaridan mosini tanlash sharoiti yaratildi. Shaxsan o‘zim “Khantex oil” MCHJga doimiy ishga joylashdim. Endi nafaqat farzandimni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayman, balki ro‘zg‘orimni butlashga ham harakat qilaman.

Shu kuni Neʼmatjon singari 172 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandilar. Ular bilan shu yerning o‘zida mehnat shartnomasi tuzilib, ish boshlashlari mumkinligi to‘g‘risida rasmiy maʼlumotlar taqdim etildi.

 Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер