“Qorasuv” chegara-bojxona posti oʻz faoliyatini boshladi

14:18 13 Sentyabr 2024 Jamiyat
392 0

Saminjon HUSANOV“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Respublikalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Bu har ikki davlat fuqarolari uchun bir qancha qulayliklarni vujudga keltirmoqda. Chegara maskanlarining ish boshlashi shular jumlasidan. Aytish joiz, qisqa muddatda Andijon viloyatining oʻzida 4 ta chegara maskanlari faoliyati qayta tiklangan edi. Ularning soni yana bittaga ortib, “Qorasuv” chegara-bojxona postining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

— Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Dardoq” qishlogʻiga kelin boʻlib tushganimga 50-yildan ortdi, — deydi Sayqal Mamatova. — Soʻnggi 30-yilda ona yurtim Aravonga borishda muammolar yuzaga keldi. Ota-onam, yaqinlarim olamdan oʻtganida taʼziyasiga borolmagan paytlarim boʻldi. Shukrlar boʻlsinki, bugun har ikkala davlatga bordi-keldi munosabatlari qayta tiklandi. “Qorasuv” postining ochilishi mavjud imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi.

Chegara-bojxona postida fuqarolarning harakatlanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligi bois, oʻtuvchilar nafaqat fuqarolik pasportlari, balki ID-karta bilan ham bemalol oʻtish imkoniyatiga ega.

— Avvallari Xoʻjaobod tumanidagi “Doʻstlik” chegara-bojxona posti orqali harakatlanar edik, — deydi Qirgʻiziston Respublikasining Qorasuv shahrida yashovchi Neʼmatjon Akbaraliyev. — Buning uchun oʻrtacha ikki soat vaqt sarflardik. Hozir birgina Andijon viloyatining oʻziga beshta maskan orqali atigi oʻn-oʻn besh daqiqada oʻtmoqdamiz. Bundan juda xursandmiz!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер