Qoraqalpogʻistonliklar pilla yetishtirish rejasini bajardi

09:51 23 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1093 0

Orolboʻyi pillakorlari joriy yil rejadagi 700 tonna oʻrniga 704,3 tonna pilla yetishtirib, bu boradagi rejani bajardi.

Aytish joizki, keyingi yillarda sohaga katta eʼtibor qaratilayotgani, jumladan, Prezidentning ushbu yoʻnalishda bir qancha maxsus qarorlari qabul qilingani yutuqlar omili boʻldi. Shular asosida yaratilgan imtiyozlar soha mehnatkashlari uchun bir qator qulayliklarni yuzaga keltirdi. Bu esa oʻzining samarasini bermoqda.

Eʼtiborlisi, qoraqalpogʻistonlik pillakorlar oʻtgan yilgi mavsumda davlat reja topshirigʻini 605 tonnaga uddalagan boʻlsa, joriy yilda oʻtgan yildagiga nisbatan 100 tonnadan koʻp hosil olishga erishdi.

Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер