Qoraqalpogʻistonda “zapravka” qariyb 3 mlrd soʻmlik gazni talon-toroj qildi
Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak tumanida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi gazdan noqonuniy yoʻllar bilan foydalangani maʼlum boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
“Q.M.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli zapravkaning oʻlchov qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatishi natijasida 2,9 milliard soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar toʻliq undirilishi taʼminlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring