Qoraqalpogʻistonda qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olgan MCHJ aniqlandi

16:55 09 Yanvar 2024 Jamiyat
496 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Beruniy tumanida faoliyat yurituvchi “S.M.” MCHJ masʼul shaxslari MCHJ ajratilgan yer maydonidan tashqarida boʻlgan davlat zaxirasidagi muhofaza qilinadigan yer maydonidan 47,2 ming kub hajmdagi qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 946,1 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер