Qoraqalpogʻistonda MMTB boshligʻi pora bilan ushlandi

13:18 27 Mart 2025 Jamiyat
416 0

Illyustrativ foto

Ikki hududda Maktabgacha va maktab taʼlimi vakillarining noqonuniy harakatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Qayd etilishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda shahar IIBB bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Olmazor tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumtaʼlim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur boʻlim bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvchi oʻqituvchini tumandagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln soʻm talab qilib, ushbu pul mablagʻini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер