Qoraqalpog‘istonda yo‘l to‘sib qo‘ygan uch kishi jazolandi

18:11 05 Fevral 2022 Jamiyat
1217 0

Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ulardan uch nafari 15 sutkaga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 fevral kuni bir guruh odamlar dehqon bozori yaqinida yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlarni tashkil etish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan tartibni buzgan deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudida huquqbuzarlarning ishi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 3 nafar shaxsga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorlar shu yo‘l bilan uy egasiga narx oshishiga o‘z noroziligini yetkazmoqchi bo‘lgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda hududda miting va hatto to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgani haqida yolg‘on xabarlar paydo bo‘ldi.

Vaziyat ijobiy hal qilindi. Uy egasi ijara haqini oshirishni vaqtincha to'xtatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер