Qoraqalpogʻistonda baliq yetishtirish koʻlini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Q. “Sh.” fermer xoʻjaligining baliq yetishtirishga moʻljallangan 200 gektar yer maydoni hamda baliq saqlash koʻlini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 250 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring