Qoraqalpogʻistonda 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi boʻyicha tenderning ikkinchi bosqichi boshlandi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 200 MVt quvvatga ega shamoldan elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimi (akkumulyator) loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlash boʻyicha tenderning Takliflar soʻrovi (RFP) bosqichi boshlandi.
Tenderda gʻolib boʻlgan ishtirokchi shamol va akkumulatorlarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurdirish, ishlatish, texnik xizmat koʻrsatish va shartnoma muddati oxirida stansiyani qoldirib ketish yoki buzib, yerni asl holiga qaytarishi lozim boʻladi.
Stansiya Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida qad rostlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring