Qoraqalpogʻistonda 1000 dan ortiq tuvaloq qushi tabiatga qoʻyib yuborildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya vazirligi va “Falcon hunting solutions” kompaniyasi tomonidan 1002 ta yoʻrgʻa tuvaloq qushi Qoʻngʻirot tumanidagi “Borsa-kelmas” va “Jasliq” hududlariga qoʻyib yuborildi.
Tuvaloq yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush hisoblanadi va Oʻzbekiston Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Maʻlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2017-yildan bugunga qadar jami 15 ming 753 bosh yoʻrgʻa tuvaloq tabiatga uchirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring