Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 721 ta ta'lim muassasasiga bolalarga mo‘ljallangan Qizil kitoblar tarqatilmoqda

14:09 15 Yanvar 2024 Jamiyat
372 0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublika maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Nukus shahridagi 31-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilariga bolalar uchun mo‘ljallangan Qizil kitoblar yetkazib berildi.

Ta'kidlash joizki, Qoraqalpog‘istondagi 721 ta ta’lim muassasasiga 2650 ta Qizil kitob beg‘araz tarqatilmoqda.

Ma'lumot uchun, bu kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan 40 ming nusxada
nashrdan chiqarildi.

Maqsad yosh avlodning ekologik madaniyati va mas'uliyatini yanada oshirish, bolalarda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер