Qorakoʻlda yangi tibbiy markaz tashkil etildi

11:28 03 Aprel 2023 Jamiyat
767 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Bundan bir necha oy muqaddam Romitan va Vobkentda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi. Mamlakatimiz rahbarining 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Qorakoʻlda ham xuddi shunday tumanlararo markaz tashkil etildi.

Foto: «Xalq soʻzi»

Dastavval markaz uchun qoʻsh qavatli qoʻshimcha bino barpo etildi. 3 milliard 300 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo etilgan binoda shifokorlarning samarali ishlashlari, bemorlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur qulayliklar yaratildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan salkam 970 ming AQSH dollari jami 34 turdagi tibbiy uskuna va jihozlar xaridiga yoʻnaltirildi. Tashxis qoʻyishni yuqori aniqlikda bajaradigan multspiral kompyuter tomografiyasi ham keltirildi. Markazda faoliyat koʻrsatadigan shifokorlar oʻz ixtisoslari boʻyicha malaka oshirdilar. Endilikda murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, yurak-qon tomirlariga stend qoʻyishni Qorakoʻlning oʻzida bajarish uchun zarur shart-sharoit mavjud.

Foto: «Xalq soʻzi»

Mazkur markaz Qorakoʻl, Jondor va Olot tumanlarida istiqomat qiluvchi 440 ming nafardan ziyod aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер