Qorakoʻlda IT-klasteri barpo etiladi

14:53 28 Dekabr 2021 Jamiyat
685 0

Foto: «Халқ сўзи»

Aniq fanlar, xususan, matematika boʻyicha salohiyatli oʻgʻil – qizlar yetishib chiqayotgan Qorakoʻlda IT-klasteri barpo etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mutasaddilari “Xalq soʻzi” muxbiriga shu haqida xabar berdi.

Loyihaga muvofiq, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi eski binosi hududida 8 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga IT – Inkubatsiya markazi qad rostlaydi.Tumandagi 8-umumtaʼlim maktabi negizida IT-maktabini ochish koʻzda tutilgan. IT-universiteti esa maydoni salkam toʻrt gektarni tashkil etuvchi Qorakoʻl akademik litseyida barpo qilinadi. Bu muassasa qurilishi ikki bosqichdan iborat boʻladi. Shuningdek, “Oʻzbektelekom” AKning tuman filiali binosida IT-markaz tashkil etiladi. Pirovardida IT-klasterda zamonaviy axborot texnologiyalari sir-asrorlarini puxta oʻzlashtirgan 2600 nafardan ziyod salohiyatli kadr tayyorlanadi.

Ushbu yirik loyihaning roʻyobga chiqishi bilan mamlakatimiz yoshlari uchun yana bir bemisl imkoniyat yuzaga keladi. Bunday deyishimizning boisi bor. Hozir Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining oʻzida respublikamizning turli goʻshalaridan kelib tahsil olayotgan oʻnlab yoshlarni uchratish mumkin.

2022-yilda qurilishi boshlanishi kutilayotgan Qorakoʻl IT-klasterini barpo etishga Buxoro viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Innovatsion rivojlanish vazirliklari tomonidan jami 80,5 milliard soʻm miqdorida sarmoya yoʻnaltiriladi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер