Qoʻqondagi koʻp qavatli uyda gaz portladi. Bir kishi halok boʻldi

08:05 17 Fevral 2026 Jamiyat
222 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi koʻp qavatli uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 16-fevral kuni soat 21:18 da Qoʻqon shahar “Muqimiy” koʻchasidagi koʻp qavatli uyda yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida 112 tizimi orqali viloyat FVBga xabar tushgan. Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 21:23 da yetib borib, 21:25 da alangani oʻrab olgan va 21:32 da batamom oʻchirgan.

Maʼlum boʻlishicha, yongʻin gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuzaga kelgan boʻlib, 28-uyning 50 kvadrat metr maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan.

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohatlari olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan.

FVBga koʻra, hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер