Qoʻqon shahrida velosiped, skuter va motorollyorlar ishlab chiqarilmoqda

15:36 25 Oktyabr 2023 Jamiyat
218 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Maʼlumki, yaqinda davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil uchun davlat byudjetining asosiy yoʻnalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ham muhim vazifalar belgilab berildi.

Ayni kunlarda Qoʻqon shahar hokimligi tashabbusi bilan hududdagi ishlab chiqarish korxonalarida yuzma–yuz muloqotlar oʻtkazilib, investitsiyaviy loyihalarni yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyatlari oʻrganilmoqda.

Xususan, velo-moto texnika ishlab chiqarish va ularga servis xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan “Bodo“ xususiy korxonasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar haqida fikrlashildi. Bugungi kunda korxonada 200 turdan ziyod velosiped, skuter, motorollyorlar ishlab chiqariladi. Bir paytning oʻzida shu yerning oʻzida ularga servis xizmat koʻrsatish ham yoʻlga qoʻyilgan.

— 2023-yil boshidan buyon 1 million dollarlik xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilib, ichki bozor ehtiyoji uchun yetkazib berildi,—deydi korxonaning savdo boʻlimi boshligʻi Maʼmurjon Hoshimov. —Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davrida qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻizistonga 100 ming dollarlik mahsulot eksport qilishga erishdik. Hozirda korxonamizda 50 nafar mahalliy yoshlar doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan boʻlib, mahsulot tayyorlash, servis xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq barcha jarayonlar oʻzimizda bajariladi. Yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va shu orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish boʻyicha istiqbolli loyihalar ustida ham ish olib boryapmiz.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер