Qonun loyihasi bilan huquqiy boʻshliqlar bartaraf etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya va Ichki ishlar vazirliklarining masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan amaldagi ayrim qonunlardagi “doimiy propiska qilish” tushunchasi “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” tushunchasiga, “turgan joyi boʻyicha hisobga olish”tushunchasi esa “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” deb almashtiriladi. Bir qator qonunlarda biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiyalovchi ID-karta bilan qoʻllanilishi sababli ushbu qonunlarga identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchasi ham kiritiladi.
Shuningdek, loyihada belgilanayotgan normalar bilan fuqaro identifikatsiyalovchi ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmaganida, yaroqsiz holga keltirganda yoki yoʻqotib qoʻygan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasida yuzaga kelgan huquqiy boʻshliq bartaraf etilmoqda.
Ishchi guruhi yigʻilishida loyihadagi ayrim normalar, deputatlar bergan takliflar qizgʻin muhokama qilinib, undagi moddalar yanada takomillashtirildi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi huquqni qoʻllash amaliyotida “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish”, “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” hamda identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchalari bilan bogʻliq boʻshliqlarning bartaraf etilishida muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring