Qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi

13:16 23 May 2023 Siyosat
504 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks va 8 ta qonunda foydalanilgan turli tushuncha va atamalarni “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonunda qoʻllanilgan yagona shaklga moslashtirish taklif etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalari bildirilib, konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер