Qonun ijodkorligi jarayoniga ilmiy tashkilotlarni jalb etish maqsadida memorandum imzolandi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Ushbu hujjat Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishning amaliy ifodasi boʻldi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi – qonun ijodkorligi jarayoniga ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tahlil markazlarini faol jalb etishdan iborat. Asosiy eʼtiborni qonun loyihalarini chuqur ilmiy tahlil qilish orqali ularning sifati va hayotiyligini oshirish, qonunchilik jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha maslahat yordami koʻrsatish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan qoʻshma nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishga qaratish nazarda tutilgan.
Taʼkidlanganidek, mazkur hamkorlik qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirishga xizmat qiluvchi doimiy muloqot maydoniga aylanadi.
Endilikda Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi tarkibiga yetakchi mutaxassis va huquqshunos olimlar kengroq jalb qilinadi, Institut tinglovchilarining esa Senatda amaliyot oʻtishlari yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring