Qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

14:59 06 Yanvar 2024 Jamiyat
262 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.U., D.Y. va B.D. isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan qoʻlbola usulda tayyorlangan 546 dona “QARATAW” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini 11 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, B.D.ning xonadonidan yana 299 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер