Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
Toshkent shahridagi Qoʻyliq ulgurji bozorida bozorda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy maʼlumot berildi.
Qayd qilinishicha, 16-iyun soat 13:53da 101 raqami orqali Bektemir tumanida yongʻin boʻlgani haqida xabar qilingan. Yongʻin Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻyidagi “Davru Davron avto” MCHJga qarashli yuk mashinalar avtoturargohida va yonma-yon joylashgan “Koʻklangi vodiy” ulgurji bozori hududida kelib chiqqan boʻlib, 60-70 metr kvadrat joydagi yogʻoch taglama va boʻsh yashiklar yongan.
Soat 14:35da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Qurbonlar yoʻq. Hozircha jabrlanganlar va yongʻin sababi haqida maʼlumotlar aniqlashtirilmoqda.
Izohlar
Тошкент шаҳридаги Қўйлиқ улгуржи бозорида бозорда ёнғин содир бўлди.
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring