Qoidaga amal qilmagan “ovchi”lar qoʻlga tushdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining Shumanoy tuman inspeksiyasi tomonidan “Ketenler” OFY hududida tezkor reyd tadbiri oʻtkazildi.
Qoʻmita Axborot xizmati xabariga koʻra, reyd davomida Qoʻngʻirot tumanida yashovchi fuqarolar A.N va J.N, N.B, A.N.lar tomonidan noqonuniy ravishda 150 dona yovvoyi kabutarlar ovlangani aniqlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli qarorining 14-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 90-moddasi 4-bandiga asosan maʼmuriy ishlar boʻyicha sud organiga oʻtkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
Ushbu noqonuniy tarzda tutilgan kabutarlar esa Nukus shahridagi hayvonot bogʻiga begʻaraz topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring