Nurotada yo‘lovchini o‘limiga sabab bo‘lib qochib ketgan haydovchi fuqarolar yordamida ushlandi

09:38 08 Iyul 2018 Jamiyat
1695 0
Illyustrativ foto

Avvalroq saytimiz orqali Navoiy viloyatining Nurota tumanida shu yilning 4 iyul kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Istiqlol MFY Soykechar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Yangiturmush-Nurota” yo‘lida haydab ketayotib yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan fuqaroni bosib ketib, voqea joyidan yashiringani hamda ushbu haydovchini qidirib, topish choralari ko‘rilgani haqida xabar bergan edik.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar va fuqarolarimizning bergan ma’lumotlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Nurota tumanida yashovchi muqaddam sudlangan O.Q. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

“Ushbu holat yuzasidan bilgan ma’lumotlarini ichki ishlar organlariga taqdim etgan fuqarolarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deyiladi IIV bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер