Qizlarga vaksina kerakmi?
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, qizlarga vaksina qildirmaslik toʻgʻrisidagi video asossiz boʻlib chiqdi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari, YUNISEF vakillari OAV bilan “Odam papilomasi virusi (VPCHga qarshi vaksinani Oʻzbekistonda tatbiq etishning boshlanishi mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.
Unda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Jamila Raxmonova “Odam papilomasi virusi (VPCH) — bachadon saratoni virusiga qarshi emlashning zarurati va ahamiyati” haqida gapirdi. Shu paytgacha bu vaksina 102 ta mamlakatda qilingan. Oʻzbekistonda 21-oktyabrdan bu vaksina 9 yoshli qizlarga qilish boshlanadi. Vaksinani olgan qizlar bachadon boʻyni saratoni rivojlanadigan yoshga yetganda bachadon boʻyni saratoni holatlari kamayadi. Vaksina olgan qizlarda bir kun mobaynida qoʻli biroz ogʻrishi, ukol qilingan joy qizarishi, biroz issigʻi chiqishi mumkin. Vaksinani qilgan hamshira qizlardan uch kun mobaynida ahvolidan xabardor boʻlib turadi.
Bu vaksina bepul va zararsizdir. Vaksinani olgan qizlarda shamollashlar boʻlmaydi, virusga qarshi organizm kurasha oladi.
Xonbibi HIMMAT qizi, jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring