“Qizlar ovozi” yangraganda…

14:49 10 Yanvar 2020 Jamiyat
2454 0

Sir emaski, faol qizlarning salohiyati, bilimi, harakati boshqa qizlarning ham taʼlim, fan, madaniyat sohasida faollikka, jamiyatdagi voqealarga daxldorlik hissini uygʻotishga chorlaydi. Qizlarning ovozi butun jamiyatni, butun dunyoni oʻzgartirishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tabiiyki, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yoshlar press-klubi”da “Qizlar ovozi” I Respublika forumining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Oila va ayollar komissiyasi” deputatlari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi vakillari, Yoshlar ittifoqi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, talaba-yoshlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Forum davomida spikerlar tomonidan turli mavzularda, xususan, yosh xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, xorij tajribasi, oilaviy inqirozning kelib chiqish sabablari va undan chiqib ketishning samarali usullari kabi bir necha mavzularida taqdimotlar qilindi.

— Bugun qizlarda bilim, vatanparvarlik, ishonch, masʼuliyatni yuksak darajada shakllantirish “men” emas, “biz” degan koʻnikmani singdirish bizning asosiy vazifamiz. — deydi Respublika maʼnaviyat va maʼrifat targʻibot markazi psixologi Jamila Shermuhammedova. — Chunki “biz” desak, birlashib hamma narsaga erishamiz. Bundan tashqari ilm, bilim, maʼrifat izlanish, harakatda xotin-qizlarimiz birlashgan holda kata natijalarni koʻrsatib kelmoqda. Shu maʼnoda, 2020-yil siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy jabhada mana bizmiz, deb javob bera oladigan qizlar yili, desak yanglishmaymiz.

Muxlisa Meliyeva, OʻzJOKU talabasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер