Qizilqum jonivorlar olami 1600 yoʻrgʻa tuvaloqqa boyidi

15:35 31 Mart 2022 Jamiyat
757 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Yoʻrgʻa tuvaloq Qizilqum choʻli jonivorlar olamining biologik xilma-xilligining bir qismi hisoblanadi. Soʻnggi yillarda ularni asrash, koʻpaytirish borasida Navoiy viloyatida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Chunonchi, Navoiy viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Biologik xilma-xillik va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar boʻlimi inspektorlari hamda “Amirliklarning Yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida bu noyob qushlar yetishtirilib, har yili choʻl hududlariga uchirilmoqda.

“Amirliklarning Yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” Birlashgan Arab Amirliklarining tashabbusi bilan 2008-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. 2012-yildan shu vaqtga qadar markaz tomonidan 16 mingdan ortiq yoʻrgʻa tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirildi. Yaqinda esa Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan ushbu qushdan yana 1600 boshi Qizilqum kengliklariga qoʻyib yuborilib, soʻnggi oʻn yilda bu koʻrsatkich 18 mingdan oshdi.

Temur ESHBOYEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер