“Qizil” toifaga kiritilgan maktablar soni 1 526 tadan 404 ta kamaytirildi
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova sohada 2023-yilda amalga oshirilgan asosiy vazifalar haqida maʼlumot berdi.
Investitsiya va boshqa qoʻshimcha dasturlar doirasida 563 ta maktabda qurish-taʼmirlash amalga oshirildi va 120 mingga yaqin yangi oʻquv oʻrinlari yaratildi. Qariyb 115 ming oʻrinli oʻquv binolari mukammal taʼmirlandi.
11-sinf bitiruvchilarining 12 minga yaqini oltin, 2 mingdan ortigʻi kumush medal bilan taqdirlandi.
Boshlangʻich sinflar uchun qariyb 500 nomdagi, boshqa sinflar uchun Kembrij, Klett, Dider xalqaro nashriyotlarining mahalliylashtirilgan 88 nomdagi darsliklari tatbiq etildi. Oʻquvchilar uchun 63 mln nusxadan ortiq darsliklar chop etildi.
Maktab oʻquvchilari 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida jami 13 ta, boshqa xalqaro olimpiadalarda 52 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Inklyuziv taʼlim joriy etilgan maktablar soni 415 taga, ulardagi oʻquvchilar soni 736 nafarga yetkazildi. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning 153 nafari uy-joy bilan taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring