“Qizil hudud” belgisi ostida

19:12 22 Iyun 2020 Jamiyat
1387 0

Piskent tumani aholisi bugun 14 kundirki, pandemiya tufayli “qizil hudud” belgisi ostida yashamoqda. Joriy yilning 20-iyun kuni uy karantinida tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolarning 367 nafari, 21-iyun kuni 187 nafari, 22-iyun kuni esa 364 nafari koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligi tufayli cheklov sharoitini tark etishdi. Ular orasida tugʻuruq majmuasida vaqtinchalik muolaja olayotgan 55 nafar homilador ayol ham bor. Ularning salomatligida hech qanday xavfli alomatlar aniqlanmadi.

SEOM, Milliy gvardiya, Bandlikka koʻmaklashish markazi va FVB xodimlari tomonidan tumandagi bir qator tashkilotlar, 13 ta koʻp qavatli turarjoy binolari, MFY, koʻchalar va xonadonlarda dezinfeksiya tadbirlari muntazam oʻtkazilmoqda.

Tuman hududiga kirish va chiqish cheklangan “Saidobod”, “Birlik”, «Lolaariq» MFYlaridagi blok postlarga biriktirilgan SEOM xodimlari tomonidan uzluksiz zaruriy choralar koʻrilayotir.

Pandemiya sharoitida ish faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar, oziq-ovqat doʻkonlari, savdo yarmarkalari shuningdek, dorixonalarda nazorat har qachongidan kuchaytirilgan.

Shodiyor MUTAHAROV,

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер