Qishloq korxonasining eksport salohiyati ortmoqda

13:53 09 Avgust 2022 Jamiyat
584 0

Foto: Xalq so‘zi

“Ft textile group” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonasi Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanining Shahand qishlogʻida bundan toʻrt yil avval oʻz faoliyatini boshlagan edi. Zamonaviy texnologiya asosida ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxona qisqa vaqt ichida viloyatning yirik eksportchi subyektlaridan biriga aylandi. Ayni paytda bu yerda yil davomida 15 ming tonna atrofida mahsulot tayyorlanib, Rossiya, Turkiya, Polsha va Xitoy davlatlariga yetkazib berilmoqda.

— Bultur 33 million AQSH dollariga teng savdo amaliyotlarini bajargan edik, joriy yilning yetti oyida eksport hajmi 21 million dollarni tashkil etdi, — deydi korxona rahbari Abduqayum Saidov. — Yil oxiriga qadar bu koʻrsatkichni 39 million dollarga yetkazish harakatidamiz.

Aytish kerakki, qishloqqa sanoatning kirib kelishi mahalliy aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi kunga kelib korxonada 290 nafar ishchi-xodim faoliyat olib borayotgani buning tasdigʻidir. Bu yerda texnologik jarayonlar toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, ishlovchilarga namunali mehnat va dam olish sharoitlari yaratib berilgan. Ular ishga MCHJning maxsus transportida qatnaydilar va bepul tushlik tashkil qilingan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер