Qishloq xoʻjaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha toʻxtatishni tavsiya qildi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2025-yil 14-maydan 18-mayga qadar boʻlgan davrda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar va dehqonlarga murojaat bilan chiqdi.
Unga koʻra, ushbu kunlarda yuqori harorat va kuchli quyosh taʼsiri tufayli kunduzgi soat 10:00 dan 16:00 gacha dala ishlarini vaqtincha toʻxtatish tavsiya etiladi.
Bunda daladagi ishlarni ertalab soat 10:00 gacha bajarish, soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan issiq vaqt oraligʻida esa ishlarni toʻxtatish, dala sharoitida ishlayotganlar uchun quyoshda qolgan plastik idishlardagi suvdan foydalanmaslik, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.
Avvalroq “Oʻzgidromet” joriy yilning 14-18-may kunlari 41-43 darajagacha issiq boʻlishi kutilayotganini maʼlum qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring