Qishloq xoʻjaligi vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident qarori bilan Jamshidjon Abduzuxurov qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Abduzuxurov mazkur tayinlovga qadar vazirlik Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Baxodir Eshchanov Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar u vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring