Qishki taʼtilning boshlanish sanasi oʻzgardi
Talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryoʻl va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan eʼtiboran qoʻllanishi belgilandi.
Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi maʼlum qildi.
«Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻiga asosan ob-havoning keskin sovushini inobatga olib, talaba va oʻquvchilarga qishki taʼtil davrini oʻz oilalari bagʻrida uzoqroq oʻtkazishlari uchun oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga koʻchirilganligi maʼlum qilinadi» deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring