Qishki dehqonchilik taraddudi

09:49 15 Sentyabr 2022 Jamiyat
809 0

Foto: Xalq so‘zi

Aholini ertagi sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida, osh lavlagi, koʻkatlardan – kashnich, petrushka, selderey, salat kabilarni toʻqsonbosti muddatida ekib, yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda birinchi hosildan boʻshagan maydonlarda toʻqsonbosti va ikkinchi ekin parvarishini yoʻlga qoʻyish orqali yerdan yil boʻyi unumli foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. Namangan viloyatining Uychi tumanida ayni sohada boy tajriba toʻplangan.

— Tumanimizda joriy dehqonchilik yilida 698 gektar maydonga toʻqsonbosti ekinlar-piyoz va sarimsoq piyoz, sabzi ekilgan boʻlib, barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilmoqda. 133 gektardagi piyoz, 65 gektar maydondagi sarimsoqpiyoz asosan bogʻ qator oralariga joylashtirilgan. Adirlik hududidagi yerlarimiz iqlimi asosan shu ekinlarga mos. 500 gektar maydonda esa sabzi baravj rivojlanmoqda, undan qariyb 4500-5000 tonna hosil olish rejalaganmiz, — deydi tuman hokimining oʻrinbosari Islomjon Bozorboyev.

Uychida 394 ta paxta-gʻalla, bogʻdorchilik-sabzavotchilik, chorva va parrandachilik fermer xoʻjaliklari mavjud. Ular tasarrufidagi gʻalladan boʻshagan yerlar, band boʻlmagan va temir daftardagi aholiga boʻlib berilgan boʻlib, ikkinchi ekin ekilgan edi. Bu joylarda hosil pishib yetildi. Dehqon va yer egalari tomonidan 1000 gektar maydonga ekilgan makkajoʻxori, 300 gektardagi kungaboqardan katta miqdorda chorva ozuqasi va isteʼmol moyi uchun xom ashyo yigʻishtirib olish koʻzda tutilmoqda.

Qudratilla Nаjmiddinov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер