Qirolicha Yelizaveta II Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻrgatish boʻyicha saʼy-harakatlarga yuqori baho berdi

12:15 06 Dekabr 2019 Jamiyat
1620 0

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi Said Rustamov qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, qirolicha taʼlim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlangʻich sinflardan ingliz tilini oʻrgatishni joriy etish borasidagi Oʻzbekiston saʼy-harakatlarini yuqori baholagan va oʻzaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qoʻllab-quvvatlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер