Qirgʻiziston yoshlari — Andijonda

16:15 23 May 2022 Jamiyat
592 0

Foto: Халқ сўзи

Markaziy Osiyo yoshlar forumiga tashrif buyurgan qirgʻizistonlik yigit-qizlar ayni paytda Andijon viloyatida mehmon boʻlib turibdi.

— Tashrif doirasida tashkil etilgan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston yoshlari forumi oʻzaro tajriba almashishda ochiq muloqot maydoni vazifasini oʻtamoqda, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Oybek Yuldashev. — Yoshlarning isteʼdodini yuzaga chiqarish, qobiliyatini shakllantirish, buning uchun yetarli sharoit yaratish borasidagi saʼy-harakatlarimiz yuzasidan fikrlashmoqdamiz.

Qirgʻizistonlik ishtirokchilar Andijon shahridagi Yoshlar texnoparkida boʻlib, bu yerda 3 D modellashtirish, robototexnika, grafik dizayn va dasturlash boʻyicha tashkil etilgan mashgʻulotlarni kuzatdilar. Shuningdek, “Ishga marhamat” monomarkazida yigit-qizlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlik asoslarini oʻrgatish borasidagi jarayonlar ham ularni befarq qoldirmadi. Andijon shahridagi “Barkamol” mahalla fuqarolar yigʻinida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va “mahallabay” tizimi qirgʻizistonlik yigit-qizlar uchun tajriba maktabi vazifasini oʻtadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yoshlar hayoti va ularning jamiyatda tutgan oʻrnini, salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday yondashuv qoʻshni davlat vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Forum doirasida har ikkala davlat madaniyatlarini targʻib qilishga doir madaniy-maʼrifiy tadbirlar ham boʻlib oʻtmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер