Qingʻir ishning qiyigʻi chiqdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yoʻllar bilan olib kirishga hamda davlat byudjetiga tushishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini qingʻir yoʻllar bilan toʻlamaslikka boʻlgan urinishlar bojxonachilar tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “VOLVO” rusumli yuk avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Natijada, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida yozib koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan umumiy qiymati 1 mlrd. 695 million soʻmlik 5 xil turdagi tovar moddiy boyliklari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring