Qingʻir ishning qiyigʻi

16:55 25 Fevral 2023 Jamiyat
706 0

Amaldagi tartiblarga koʻra, oʻxshashi respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarini import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilgan.

Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va investitsiyalar hajmini oshirish hamda import qilinayotgan texnologik asbob-uskunalar uchun bojxona imtiyozlari berish mexanizmini takomillashtirish maqsadida joriy etilgan mazkur imtiyozni suʼistemol qilayotgan uddaburonlar ham uchrab turibdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Arkbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qoʻyildi.

Unga koʻra, xorijdan keltirilgan va mazkur bojxona postiga “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan sovutish asbob-uskunalari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Bojxona yuk deklaratsiyasida alohida tovar kodlari bilan tasniflangan mazkur tovarlar yaxlit tovar xususiyatiga ega ekanligi, yaʼni bir butun tovar deb tasniflanishi aniqlandi va bojxona rasmiylashtiruvida qoʻllanilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilgan bojxona imtiyozlari bekor qilindi.

Natijada davlat byudjetiga salkam 140 mln. soʻmlik bojxona toʻlovlarining undirilmay qolishining oldi olindi.

Qiymati 700 mln. soʻmlik sovutish uskunalari vaqtincha savlovga olinib, hozirda holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер