Qatar transport vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

16:59 02 Oktyabr 2023 Siyosat
115 0

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov hamda Qatar Davlati Transport vaziri oʻrinbosari Hamad Iso Abdullo oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etildi. Xususan, transafgʻon temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirishda Qatar Davlati ishtirokini taʼminlash yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida mazkur loyiha yuzasidan “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ vakillari ishtirokida taqdimot oʻtkazildi.

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Qatar airways” aviakompaniyasi tomonidan Doxa – Toshkent – Doxa yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер