Qatar AQSH va Eron muzokaralarida ishtirok etmaydi
Qatar AQSH va Eron oʻrtasidagi muzokaralarda vositachilik qilmaydi. Qatar Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Majid Al-Ansoriy jurnalistlarga mamlakat bu muzokaralarda ishtirok etmasligini maʼlum qilgan.
Al-Ansoriy AQSH prezidenti Donald Trampning bayonotlariga oid savollarga javob berdi.
“Hozir bizning asosiy maqsadimiz va vazifamiz mamlakatimizni himoya qilish va bu borada diplomatik choralar koʻrishdir. Biz Fors koʻrfazi mintaqasida tinch-totuv yashashga ishonamiz. Biz Eron bilan munosabatlarni oʻrnatish zarurligiga ishonamiz”, — dedi Al-Ansoriy.
Avvalroq Tramp Eron energetika obyektlariga tahdid soluvchi hujumlarning vaqtincha kechiktirilishi haqida xabar bergan va Eron bilan samarali muzokaralar haqida gapirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring