Qashqadaryoga yangi prokuror tayinlandi
Foto: Bosh prokuratura
Adliya katta maslahatchisi Bektosh Raximovich Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd qilinishicha, tayinlov bo‘yicha Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i imzolangan.
Bektosh Sayipov tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring