Qashqadaryodagi mehmonxona qariyb 600 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi mehmonxonada gaz tarmogʻiga yashirin yoʻl bilan ulanib 591,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan “A.H.” uy mehmonxonasi masʼul shaxslari oʻrnatilgan gaz hisoblagichdan foydalanmasdan yashirin yoʻl bilan toʻgʻridan toʻgʻri gaz tarmogʻiga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 591,4 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring